“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, avtomobillar elektron auksion orqali ijaraga berilganda shartnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
Shuningdek, quyidagilarning qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish muddati 2022-yil 30-aprelgacha uzaytirildi:
- Oʻzbekistonga oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, shuningdek soya danagini olib kirish;
- oʻsimlik yogʻini (paxta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma.
Ilgari bu muddat 2021-yil 31-dekabrgacha edi.
Avvalroq, Senat yalpi majlisida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga berilgan imtiyozlar davri tugagach, may-dekabr oylarida narxlar oshmasligi borasida qanday choralar koʻrilayotgani maʼlum qilingandi.
Yanvar oyining birinchi haftasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yilda ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Yil davomida qishloq xoʻjaligi sohasida ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash choralari koʻriladi;