Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston 9 ta xorijiy davlatlarga qiymati $13,3 mln ga teng boʻlgan 786 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti 2020-yil bilan solishtirilganda 7 taga oshgan.
Oʻzbekiston “ogʻir” avtolarini asosan Qozogʻistonga sotgan:
- Qozogʻiston — 569 ta
- Qirgʻiz Respublikasi — 86 ta
- Singapur — 71 ta
- Afgʻoniston — 29 ta
- Tojikiston — 10 ta
- Ozarbayjon — 8 ta
Avvalroq Spot ayrim turdagi yuk transportlarining Toshkent shahri markaziga kirishiga cheklovlar joriy etilishi haqida yozgan edi.