Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazgan.
Unga koʻra, 2022-yil 9-fevral holatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagichani tashkil etgan:
- suyakli mol goʻshti (1 kg) — 45 000−68 000 soʻm;
- qoʻy goʻshti (1 kg) — 52 000−80 000 soʻm;
- kartoshka (1 kg) — 3 500−7 000 soʻm;
- piyoz (1 kg) — 1 500−4 500 soʻm;
- sabzi (1 kg) — 1000−5 000 soʻm;
- tuxum (10 dona) — 6 000−14 000 soʻm;
- guruch (1 kg) — 5 000−17 500 soʻm;
- oʻsimlik yogʻi (1 l) — 13 600−24 000 soʻm;
- shakar (1 kg) — 7 900−10 500 soʻm.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Avvalroq Spot meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi haqida yozgan edi.