Banklardagi ikkilamchi ipoteka kreditlari bo’yicha holat. Fevral 2022

Spot 2022-yil fevral oyida O’zbekistondagi ikkilamchi ipoteka krediti taqdim etuvchi tijorat banklari o’rganib chiqdi va eng qulay tariflarni tanladi. O’rtacha yillik stavka 17% ni tashkil etadi. Agar kredit bank mablag’lari hisobidan ajratilsa foiz miqdori o’zgaradi. “Davrbank”, “Kapitalbank”, Ziraat bank 10 yil muddatga kredit taqdim etadi. Kapitalbankda kreditning maksimal qiymati 2 mlrd so’m etib belgilangan.


Roni Pizza: Rossiya va Qozog’istonda tayyor restoranlarni yarata olgan va o’z loyihasini ishga tushirish uchun Toshkentga qaytib kelgan sobiq didjey hikoyasi

Restorator Dmitriy Axunov Spot’ga Roni neapol pitseriyalari tarmog‘ini yaratishi, sarmoyalar, raqobatchilar va turli mamlakatlar bozorlarida ishlash haqida gapirib berdi.


2022-yil fevral oyida Oʻzbekiston banklaridagi avtokredit boʻyicha holat

Hozirgi vaqtga kelib O’zbekistondagi 33 ta bankdan 20 tasida avtomobil uchun kredit ajratiladi. Yillik stavkalar 20% dan 27% gacha o’zgaradi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Rossiya Oʻzbekiston va Qozogʻistonga “raqamli attashe"larni joʻnatadi. Ularning vazifalariga Rossiya IT-yechimlarini ilgari surish va raqamli eksportni oshirish kiradi.
  2. Microsoft Windowsʼning maxfiy xususiyatlarini sinab koʻrishni boshladi. Ular hali rasman taqdim etilmagan.
  3. Yanvar oyida inflyatsiya kutilmalari pasayishda davom etmoqda. Sabab nima. Fuqarolar tomonidan prognoz qilingan inflyatsiyaning oʻrtacha darajasi 13,5% ga tushdi.
  4. HUMO bankomatlari kontaktsiz pul yechib olishni qoʻllab-quvvatlay boshladi. Kontaktsiz usuldan foydalanishdan oldin uning ushbu bankomatda mavjudligini tekshirish kerak.
  5. “Uzbekistan Airways” Shri-Lankaga charter reyslarni yoʻlga qoʻyadi — OAV. Samolyotlar chorshanba kunlari sayyohlik joylariga yaqin joylashgan aeroportga uchadi.
  6. AYoQShlar va aholi koʻp yigʻiladigan obyektlar hududlarida elektromobillar uchun quvvatlantirish uskunalari oʻrnatiladi. Oʻzbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmogʻi rivojlantiriladi.
  7. Britaniya kompaniyasi va uning “vorisi” Asia Alliance Bankning 77 foiz ulushini oldi. “Gor Investment” 2018-yilgacha bankning nazorat paketiga egalik qilgan. Aksiyalar unga 2021-yilning yozida qaytarilgan.
  8. Chorvachilikni rivojlantirish uchun Jahon bankidan $300 million kredit jalb etiladi. Chorvachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi tasdiqlandi.
  9. “VKontakte” sobiq bosh direktori Dobrodeyev USM Telecom rahbariga aylandi. USM Telecom kompaniyasini Ivan Streshinskiy boshqargan — u Alisher Usmonovning USM holdingi rahbari boʻlib qolmoqda.
  10. “Red Wings” aviakompaniyasi Yekaterinburgdan Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi. Parvozlar 100 oʻrinli “Sukhoi Superjet” samolyotlarida amalga oshiriladi.