Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2022-yilda gidroenergetika sohasida quyidagi loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan:
- Samarqand viloyatida 3ta yangi gidroelektrstansiya quriladi.
- Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi mavjud 4ta gidroelektrstansiya modernizatsiya qilinadi.
Buning natijasida 173 MVt yangi quvvatlar yaratilib, yurtimizda GESlarning umumiy quvvati 2 225 MVtga yetkaziladi.
Bu haqda Yangi Oʻzbekistonning 2022−2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda “yashil” energetika sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha qilinadigan ishlar dasturida belgilab qoʻyilgan.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston Tojikistondan $23 mln ga elektr energiyasi sotib olganligi haqida yozgan edi.