Wildberries O‘zbekistonda sotuv ishlarini boshladi. Bu haqda Spot’ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonliklar uchun 20 millionga yaqin tovarlar mavjud: rus va xaqlaro brendlarga tegishli kiyim-kechaklar, poyabzallar, aksessuarlar, texnika buyumlari, kitoblar, zoo mahsulotlar va boshqa maishiy tovarlar. Kelgusida assortimentni kengaytirish rejalashtirilgan.
Buyurtmani riteylerning veb-saytida yoki mobil ilova (iOS, Android) orqali berish mumkin.
Tovarlar kompaniyaning shaxsiy logistika xizmati tomonidan yetkazib beriladi. Mamlakatda kiyib ko‘rish kabinalari mavjud bo‘lgan tarqatish punktlari ham ochilmoqda. To‘g‘ri kelmaydigan yoki yoqmagan narsalarni tekinga qaytarib berishingiz mumkin. Onlayn-riteylerning birinchi tarqatish nuqtasi Toshkentda ishga tushirildi.
Mahalliy tadbirkorlar mustaqil ravishda Wildberriyes tarqatish punktlarini ochib, aylanmadan 3,5% foyda olishlari mumkin bo‘ladi. Siz mobil ilova orqali nuqtaning ishini boshqara olasiz.
O‘zbekistonda Wildberries onlayn savdo maydonchasi va ulgurji tarqatish markazlarini ochish bo‘yicha muzokaralar 2020-yilda boshlangan. Onlayn bozor asoschisi Tatyana Bakalchuk Reuters agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston bozorini “juda istiqbolli” deb atagandi. Kompaniya 2021-yilning kuzida avval mahalliy kompot ishlab chiqaruvchisiga tegishli bo‘lgan wildberriyes.uz domenini oldi.