Realme UI 3.0 xususiy foydalanuvchi interfeysiga ega Android 12 operatsion tizimida ishlovchi Realme 9 Pro Plus va Realme 9 Pro smartfonlarining rasmiy taqdimoti boʻlib oʻtdi. Qurilmalar mos ravishda 21 va 23-fevralda sotuvga chiqariladi.
Realme 9 Pro Plus modeli 90 Gts yangilanish tezligiga ega 6,4 dyuymli Full HD+ Super AMOLED ekranga ega boʻldi. Ushbu panel maydoniga yurak urish tezligini yozish funksiyasiga ega barmoq izi skaneri oʻrnatilgan. Selfi kamerasi 16 megapikselli sensorga qurilgan.
Uskunada MediaTek Dimensity 920 5G protsessori, 6/8 GB operativ xotira va 128/256 GB sigʻimli flesh-xotira mavjud. 4500 mA/soat batareya 60 Vt SuperDart zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi.
Qurilma Aurora Green, Midnight Black va Sunrise Blue ranglarida taqdim etilgan. Ultrasiyoh nurlanish taʼsirida oxirgi variant rangi koʻkdan pushti-qizil ranggacha oʻzgarishi mumkin. Jarayon atigi 3 soniya vaqtni oladi va asta-sekin asl holatiga qaytish taxminan besh daqiqa davom etadi. Narxi — $335 dan $385 gachani tashkil etadi.
Realme 9 Pro smartfoni, oʻz navbatida, 1080×2412 piksel va 120 Gts yangilanish tezligiga ega 6,6 dyuymli IPS ekrani bilan jihozlangan. Barmoq izi skaneri yon tomonda joylashgan. Qualcomm Snapdragon 695 5G chipi 6/8 GB operativ xotira bilan tandemda ishlaydi. Xotira hajmi — 128 GBni tashkil etadi.
Qurilma 16 megapikselli old kamera va 64 + 8 + 2 mln piksel konfiguratsiyadagi uch tomonlama kamerani oʻz ichiga oladi. 5000 mA/soat batareya 33 Vt quvvatga ega. Narxi $240 dan $280 gachaga boradi.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston Xitoydan $102,4 millionlik mobil telefon import qilganligi haqida yozgan edi.