“Blue Origin” bosh direktori Bob Smit kompaniya 2022-yilda sayyohlik reyslari sonini ikki baravar oshirishi mumkinligini aytdi, deb yozadi CNBC. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya uchun yagona muammo — taʼminot cheklovlari boʻlib turibdi.
2021-yil iyul oyida “Blue Origin” Nyu-Shepard kosmik kemasida birinchi yoʻlovchi kosmik parvozini muvaffaqiyatli yakunladi. Ular orasida kompaniya asoschisi Jeff Bezos ham bor edi.
Hammasi boʻlib, 2021-yilda kompaniya toʻrtta reysni amalga oshirdi — uchtasi yoʻlovchilar bilan va bittasi tadqiqot tariqasida. “Blue Origin” kosmik turizmga boʻlgan kuchli talab tufayli ularning sonini ikki baravar oshirishga tayyor, bu esa undan koʻproq raketalarni yaratishni talab qiladi.
Hozircha Smit qurilishning aniq rejalarini oshkor qilmadi. Nyu-Shepard Bezosning Texasning gʻarbiy choʻlidagi shaxsiy kosmodromidan uchiriladi, kosmik kema 100 km dan ortiq balandlikka koʻtariladi. “Blue Origin” ikkita Nyu-Shepard raketasiga ega, biri tadqiqot yuklari uchun, ikkinchisi esa yoʻlovchi reyslari uchun moʻljallangan.