Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tadbirkorlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazmoqda, deya xabar bermoqda hukumat portali.
Olingan javoblar asosida quyidagilar rejalashtirilgan:
- mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, investorlar va eksportyorlarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish;
- ishbilarmon doiralar va vazirlik oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning samarali usullarini joriy etish.
Ushbu havoladagi anketani toʻldirish orqali soʻrovnomada ishtirok etish mumkin.
Anketa anonimlik sharti bilan tuzilgan, respondentdan faqat lavozimi (direktor, bosh buxgalter va boshqalar), faoliyat sohasi, hududi va kompaniyaning “tajribasi” soʻraladi. Bir qator masalalar maʼmuriy tartib-qoidalarni oʻtkazish bilan bogʻliq — roʻyxatga olish, litsenziyalash va boshqalar.
Alohida blok Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan oʻzaro munosabatlarga — uning media resurslari sifati, xodimlarning malakasi va korrupsiya omillariga bagʻishlangan.