“Odamlar xarid uchun uzoqqa borishni xohlamaydilar” — bi1 do’konlar tarmog’i vakili O’zbekiston bozoriga chiqish haqida

Schiever Uzbekistan’ning savdo direktori Ismael Jermen Spot’ga nima uchun Fransiyalik talaba o’zbek oilalarida yashagani, nega kompaniya mahsulotlarni o’z shaxsiy tovar belgisi ostida ishlab chiqarishi, loyihaga qancha investitsiya kiritilgani va O’zbekistonda “Auchan"ning ochilishi bo’yicha rejalar haqida so’zlab berdi.


Minimal investitsiya orqali biznesini boshlagan va qisqa muddatda foydaga chiqqan tadbirkor — Olimjon Obidov, O’zbekistonda konsalting firma ochish va sohadagi o’ziga xosliklar haqida

“Das Team” va “Te Amo Travel” loyihalari asoschisi va ta’sischisi Spot’ga biznesni yo’lga qo’yishda duch kelgan qiyinchiliklari, raqobat va kelgusidagi rejalar haqida so’zlab berdi.


Tahlil: Fargʻona, Andijon va Navoiyda uy-joy narxlari koʻtarildi. Jizzax va Namanganda esa narxlar tushdi

Toshkent shahrida uy-joy narxlari 2,4% ga oʻsdi.


Boshqa yangiliklar

  1. Prezident 1-mayga qadar avtomobil uchun oldindan toʻlov miqdorini 50% gacha pasaytirish va navbatlarni toʻliq bartaraf etish vazifasini qoʻydi. “Oʻzavtosanoat” AJ raisi Sh.Umurzoqovga sunʼiy navbatlar va korrupsion holatlarni tag-tomiri bilan yoʻq qilish uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi.
  2. Oʻzbekistonda import avtomobillari uchun “rastamojka” 2 barobarga pasaytirilishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 30% dan 15% ga pasaytirish boʻyicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berdi.
  3. Avtotransport vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazish soni keskin koʻpaydi. Mutaxassislar bunga izoh berishdi. Joriy yilning yanvar oyida birlamchi bozordan sotib olingan avtomobillar soni 27,9 mingtani tashkil etgan.
  4. Toshkentdagi “Anhor” bogʻi auksionga qoʻyildi. Lotning boshlangʻich bahosi — 376,48 mlrd soʻm. Auksion 18-mart kuni soat 10:00 da boshlanadi.
  5. Namanganlik startapchilar uchun Ideaton oʻtkaziladi. Ideatonning sogʻliqni saqlash, moliya va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlarida boʻladi.
  6. Sigma Software kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelmoqda. Mart oyi boshida kompaniya Toshkentda Ochiq texnologiyalar kunini oʻtkazadi.
  7. Oʻzbekiston Markaziy banki jahonda oltinning asosiy xaridorlaridan biriga aylandi. Sotishning qisqarishi tufayli oltin zaxirasi 30 tonnaga oshdi. Shundan 8,4 tonnasi dekabr oyida xarid qilingan.
  8. “Oʻzavtosanoat” elektromobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. BYD Xitoyda eng koʻp elektromobil ishlab chiqaradi — u dunyoda Teslaʼdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.
  9. “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati sof foydani yil davomida qariyb 7 barobarga oshirdi. Ichki talab va importning qisqarishi rekord darajadagi 1,5 trln soʻmlik daromadni taʼminladi.
  10. Toshkentdagi barcha chorrahalarga kamera va fotoradarlar o‘rnatiladi. Mavjud 605 ta chorrahaning barchasiga zamonaviy maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.