Brent neftining aprel fyucherslari yetti yillik eng yuqorinarxni yangiladi. Uning qiymati $97 dan oshdi. Rossiyaning DXR va LXR respublikalarini tan olishi haqidagi xabarlar ortidan qora oltin rekord darajaga ko‘tarildi.
Bank of America 2022-yilga kelib neft narxining $100 ga ko’tarilishi, iyun oyida esa $120 gacha o’sishini taxmin qilishmoqda. Benzinga bo’lgan talabning oshishi vaziyatni yanada o’zgartirishi mumkin.
JPMorgan Chase tahlilchilari 2022-yilning birinchi choragida Rossiya-Ukraina munosabatlarining keskinlashuvi fonida yoqilg‘i narxi bir barrel uchun $150 gacha ko‘tarilishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu global yalpi ichki mahsulot o’sishining sekinlashishiga olib kelishi va inflyatsiyani kamida 2 barobar a tezlashtirishi mumkin, deya ogohlantirdi bank.