Uzbekistan Airporsʼning xabar berishicha, taksilar, sayyohlik avtobuslari va chet el delegatsiyalarining transporti uchun estakadada harakatlanishga ruxsat etiladi.
Estakada boʻylab terminalga oʻtish qoidalari quyidagicha:
- estakadaning oʻng tomondagi chizigʻi sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun, chap tomondagi chizigʻi esa taksilar uchun moʻljallangan;
- taksilar uchun estakadada yoʻlovchilarni olish/tushirish vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
- estakadaning oʻng va chap chiziqlarini ajratib turadigan sariq chiziqda toʻxtash taqiqlanadi va jarima toʻlanishini nazarda tutadigan qoidabuzarlik hisoblanadi.
Estakadada bir vaqtning oʻzida 30 ta yengil avtomobil yoki turistik avtobuslarni hisobga olgan holda, 17 ta avtomobil joylashishi mumkin.
Avvalroq aeroportlardagi havo kemalari harakatini tasvirga olishga ruxsat berilgandi.