Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazgan.
Yakunlanib borayotgan hafta holatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagichani tashkil etdi:
- Suyakli mol goʻshti (1 kg) — 45000−68000 soʻm
- Qoʻy goʻshti (1 kg) — 54000−80000 soʻm
- Kartoshka (1 kg) — 3000−7000 soʻm
- Piyoz (1 kg) — 1500−4500 soʻm
- Sabzi (1 kg) — 1000−5000 soʻm
- Tuxum (10 dona) — 6000−14000 soʻm
- Guruch (1 kg) — 5000−17 500 soʻm
- Oʻsimlik yogʻi (1 l) — 13 600−24000 soʻm
- Shakar (1 kg) — 7900−10500 soʻm.
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.