Bank sohasidagi vakant lavozimlar: Anor bank, Davr Bank va Orient Finans bank, Mikrokreditbank munosib nomzodlarni qidirmoqda

Spot O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklardagi bo’sh ish o’rinlarini o’rganib chiqdi. Umumiy hisobda, lavozimlar bo’yicha nomzodlardan 3 yildan 6 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha ish tajribasi bo’lishi talab etilmoqda. Ayrim ish o’rinlari uchun tajriba talab etilmaydi. O’rtacha oylik ish haqi 3,5 mln so’mdan boshlanadi.


Oʻzbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻlishga hozirlik koʻrmoqda

Bu haqda Abdulla Aripov maʼlum qildi. Bank YeOII makonida qoʻshma va integratsion loyihalarga sarmoya kiritadi.


“Совкомбанк” Oʻzagroeksportbankni $4 millionga sotib oldi

Hammasi boʻlib 4 nafar talabgor bor edi. Rossiya banki nafaqat investitsiyalar, balki tajriba ham olib kelishi mumkinligi sababli tanlandi.


Jahon bozorlari asta-sekin oʻsishni boshladi, neft arzonlashdi

Mutaxassislar yuzaga kelayotgan barqarorlashuvni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketi eʼlon qilinishi bilan bogʻlashmoqda.


Boshqa yangiliklar:

  1. Chimyondagi “Seven Tree” dam olish maskani qarzdorlik sababli auksionga qoʻyildi. 2020-yil oxirida foydalanishga topshirilgan majmua 12,5 mlrd soʻm boshlangʻich bahoda sotilmoqda.
  2. “Oʻzsanoatqurilishbank” ixtisosligi boʻlmagan aktivlarini sotuvga qoʻyadi. Toshkent va Jizzax viloyatlaridagi 14 ta obyekt Davaktiv ixtiyoriga oʻtkazib, soʻngra auksionda sotiladi.
  3. Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $713,9 millionga kamaydi. Valyuta zaxiralari $532,6 millionga, oltin zaxiralari esa $175,1 millionga kamaydi.
  4. Oʻzbekiston va Eron hududi orqali tovarlar tranzitini oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Maxsus iqtisodiy zonalar, xususan, “Chabahor”, “Aras” (Eron) hamda “Navoiy” va “Angren” (Oʻzbekiston) EIZ subyektlari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyiladi.
  5. 1-martdan ayrim faoliyat turlari maxsus elektron tizim orqali litsenziyalanadi. Litsenziyalovchi organ arizani o‘z muddatida ko‘rib chiqib talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT yoki YAIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
  6. Malayziya Oʻzbekistonga MAN avtobuslari uchun 190 dona kuzov jamlanmasini yetkazib beradi. 2022-yilda Toshkent jamoat transporti uchun ham shuncha avtobus xarid qilinishi rejalashtirilgan.
  7. Toshkent — Boku — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda. Parvozlar 8-martdan amalga oshiriladi. Bur tomonlama uchish narxi e’lon qilingan vaqtda 2 498 974 soʻmni (bagajsiz) va 2 843 660 soʻmni (bagaj bilan) tashkil etmoqda.
  8. IT STEP Akademiyasi oʻsmirlarni ITEENS Hackathon 2022 ga taklif qiladi. Sovrin jamgʻarmasi 17 500 000 soʻmni tashkil qiladi.
  9. Davlat xizmatlari markazlari haydovchilik guvohnomasini almashtirish boʻyicha “soʻnggi mijozgacha” rejimida ishlaydi. Toshkent shahrining ayrim tumanlarida 21-fevraldan mazkur rejimda ish boshlangan.
  10. Hamkorbank “Сбербанк Online"dan pul oʻtkazmalarini qabul qilishni toʻxtatdi. Rasmiy sabab — “texnik nosozlik”. Bir kun avval “Сбербанк” AQSh sanksiyalari ostida qolgandi.