Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning yanvar oyidagi tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar haqida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, ushbu roʻyxatda Xitoy yetakchilik qilmoqda. Keyingi oʻrinlardan mos ravishda Rossiya va Qozogʻiston joy oldi:
- Xitoy — $621 mln, eksport — $157,1 mln, import $463,8 mln
- Rossiya — $573,3 mln, eksport — $180,7 mln, import $392,6 mln
- Qozogʻiston — $266,8 mln, eksport — $60,9 mln, import $205,8 mln
- Turkiya — $266,1 mln, eksport — $121,6 mln, import $144,5 mln
- Koreya — $213,4 mln, eksport — $2,3 mln, import $211 mln
- Qirgʻiz Respublikasi — $60,3 mln, eksport — $51,3 mln, import $9 mln
- Ukraina — $48,9 mln, eksport — $13,3 mln, import $35,6 mln
- Germaniya — $45,3 mln, eksport — $5,7 mln, import $39,5 mln
- Hindiston — $44,5 mln, eksport — $1,6 mln, import $42,9 mln
- Tojikiston — $43,1 mln, eksport — $32,9 mln, import $10,2 mln
2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi $3,5 mlrd ga teng boʻldi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $1,4 mlrd.ni tashkil qildi. Bunda: mahsulotlar — $1,2 mlrd, xizmatlar — $176,5 mln.
Shuningdek, savdo aylanmasida import hajmi $2,1 mlrd.ga teng boʻldi. Bunda: mahsulotlar — $1,9 mlrd, xizmatlar — 147,1 mln.ga borgan.