Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalar fonida ko’plab global brendlar va kompaniyalar mamlakat bilan hamkorlikni to’xtatdi (yoki faqat rejalashtirmoqda). Ushbu ro’yxat har kuni yangilanadi. Quyidagi brendlar yaqin kelajakda Rossiya bozorida mavjud bo’lmaydi.

Kiyim-kechak

Forbes ma’lumotlariga ko’ra dunyodagi yirik Hennes & Mauritz shved kiyim brendi 2-mart kuni Rossiyada o’z faoliyatini to’xtatishini e’lon qildi. Buning ortidan Adidas va Nike kompaniyalari ham xuddi shu yo’sinda ish tutdilar. Marks & Spencer va Mango do’konlar tarmog’i Rossiyaga kiyimlarni yetkazib berishdan bosh tortishdi.

Quyidagi brendlar esa hozirda mamlakat hududida ish olib bormayapti: H&M, COS, Arket, & Other Stories, Monki, Weekday, Adidas, Nike, Marks & Spencer, Mango, Karl Lagerfeld, Boohoo, Nike, Ganni.



Ayrim bozor o’yinchilari ham Rossiyani tark etishdi:

  • ASOS
  • Farfetch
  • Yoox
  • Net-a-porter
  • Mr Porter
  • Matchesfashion и Mytheresa

Restoranlar

Moskva restoran bozorining ombudsmeni Sergey Mironov Yamal-Media nashriga bergan intervyusida yirik xorijiy restoranlar hozir Rossiya bozorini tark etmayapti, chunki ular uchun bu yer qulay, deya aytib o’tgan Bundan tashqari, McDonald’s, KFC, Burger King kabi yirik franchayzalar o’z faoliyatini to’xtatmaydi.

Finlyandiyaning Prisma supermarketlar tarmog‘i Sankt-Peterburgda faoliyat yurituvchi 16 ta chakana savdo do‘konlarining barchasini yopadi.


Texnika va texnologiya

Amerikaning Dell elektronika kompaniyasi tomonidan Rossiya bozoriga yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgan. Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli o‘z uskunalarini yetkazib berishni to‘xtatdi. Ularga Yaponiyaning Panasonic elektronika kompaniyasi qo’shildi. Quyida toʻliq roʻyxat:

  • SAP
  • Dell
  • Nokia
  • Canon
  • Oracle
  • Ericsson
  • TSMC
  • Intel
  • AMD
  • Lenovo
  • HP

Apple Rossiyani tark etish haqida gapirib o’tdi va hatto do’konlarini yopdi, ammo ertasi kuni kompaniya vakillari ishlashda davom etishlarini e’lon qilishdi. Faqat tovarlar narxi bir necha barobar oshdi. Samsung, LG Rossiyada qoladi, lekin mahsulotlar narxi oshishi mumkin.


Аvtoprom

Rossiyada avtomobillarni sotish yoki ishlab chiqarishni to’xtatgan avtomobil kompaniyalari ro’yxati kengayishda davom etmoqda. Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi yetkazib berishdagi muammolar tufayli Sankt-Peterburgdagi zavodida ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

Shuningdek, Ford, BMW, Harley-Davidson, Hyundai, Jaguar Land Rover, Mercedes-Benz, Audi, Volkswagen, Skoda, Citroen, Porsche, Suzuki, Lexus, KIA, Mazda ham mamlakatda mashinlar sotuvini to’xtatdi.


Spirtli ichimliklar tarmog’i

Eng yirik xalqaro Diageo kompaniyasi Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi. Chexiya pivo ishlab chiqaruvchilari Velkopopovicky Kozel, Budweiser Budvar va Staropramen ham shunday qarorga kelgan. Rossiya peshtaxtalarida qanday spirtli ichimliklar bo’lmaydi:

  • Guinness
  • Baileys
  • Johnnie Walker
  • Smirnoff
  • Captain Morgan
  • White Horsе

Gollandiyaning IKEA kompaniyasi Rossiyada ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, mamlakatga barcha eksport va importlarni to’xtatadi.

Shuningdek, Megogo media xizmati Rossiyada o’z faoliyatini to’xtatdi va Universal endi o’z filmlarini rus prokatida chiqarmaydi. Uolt Disney kompaniyasi va Warner Bros hamkasblariga ergashib, Rossiya kinoteatrlarida o‘z filmlari namoyishini to‘xtatdi.