Red Wings aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni davom ettiradi. Bu kompaniya saytida aytilmoqda.
Rossiyadan (Moskva, Yekaterinburg, Maxachqalʼa, Samara, Sochi) Oʻzbekiston va Armaniston shaharlariga parvozlar jadval boʻyicha joʻnaydi, deyiladi xabarda. Havo tashuvchisi xalqaro yoʻlovchilar oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajaradi.
COVID-19 ga qarshi sanitariya cheklovlari saqlanishi munosabati bilan xalqaro reyslar charter reyslari sifatida amalga oshiriladi.
Red Wings kompaniyasi xorijiy reyslar uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan Sukhoi SuperJet 100 samolyotlaridan foydalanadi. Barcha samolyotlar Rossiya kompaniyalariga tegishli va Rossiyada roʻyxatdan oʻtgan va sugʻurtalangan.
Aviakompaniyaning 14 ta SSJ 100 samolyotlari parkining yarmini tashkil qiladi. Shuningdek, uning 11 ta Airbus samolyoti (shundan 3 tasi foydalanilmagan) va 3 ta Boeing bor.