Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri davom etmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda.
Qizlarimizning zamonaviy bilimlar va kasb-hunar egasi boʻlib, jamiyatda hamda oʻz oilasida munosib oʻrin topishi uchun boshlagan ishlarimizni, bundan keyin ham izchil davom ettiramiz, — dedi Prezident.
Qayd etilganidek, bu borada 2022−2026-yillarga moʻljallangan Xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilingan. Ushbu hujjat doirasida poytaxtda xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlarini tashkil etiladi. Barcha talaba qizlarga taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadi.
Avvalroq magistratura talabasi boʻlgan qizlarning kontrakti davlat tomonidan toʻlab berilishi haqida maʼlum qilingandi.