Oʻzbekiston banklari 10-mart, payshanba kuni dollar kursini oshirdi.
Aksariyat banklar AQSh valyutasini 10 970 soʻmdan, baʼzilari esa 10 975 soʻmdan sotmoqda. Sotib olish kursi esa 10 855 soʻmdan — 10 900 soʻmgachani tashkil etmoqda.
Dollar eng arzon “Universalbank"da taklif qilinmoqda (10 930 soʻmdan), “Asakabank"da esa valyuta 10 940 soʻmdan sotilmoqda. Eng maqbul xarid kursi “Kapitalbank” tomonidan taklif etilgan — 10 910 soʻm.
9-mart kuni Markaziy bank tomonidan dollar kursi maksimal darajada yangilanib, 10918 soʻm 68 tiyin atrofida belgilandi. Kun davomida u 21 soʻmdan koʻproqqa qimmatlashdi.
Dollarning banklararo kursi boʻyicha avvalgi rekord (10 960 soʻm) dushanba kuni oʻrnatilgandi. Oʻtgan juma, 4-mart kuni u birinchi marta 10 950 soʻmga yetdi.
Rossiya rubli hafta boshidagi yangi qulashdan soʻng yana biroz oshdi — Markaziy bank kursi 80 soʻmga yetdi. Aksariyat banklar rublni 95−97 soʻmdan sotmoqda, 74−77 soʻmdan xarid qilmoqda.
Eng qulay xarid kursi ham “Kapitalbank"da — 85 soʻm. Ipak yoʻli rublni eng arzon — 85 soʻmdan sotadi.