2022-yil fevral oyi oxirida IMPACT.T texnologik xab akselerator tezlatkichi ochildi. U besh qavatdan iborat bo’lib, unda tadbirlar uchun joylar, kovorking maydonlari va majlis xonalari mavjud.

U IT startaplarini rivojlantirish va ularga yordam berishga, shuningdek, ijodiy va biznes hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Hab allaqachon texnologiya va marketingga bag’ishlangan ochiq ma’ruzalar, muhokamalar va tadbirlarga mezbonlik qiladi.

Akselerator texnologik biznes sanoatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan nuqtaga aylanishi va IT sohasida yirik loyihalar va tadbirkorlarning paydo bo’lishiga yordam berishi rejalashtirilgan.

IMPACT.T Newmax Technologies, Maxtrack, Workly, MyTaxi va Express 24 asoschisi Akmal Payziev tomonidan yaratilgan. Spot nashriga bergan intervyusida u IT startap industriyasini rivojlantirish, Kremniy vodiysi mentalitetini moslashtirish rejalari va hududlardan kelgan frilanserlar haqida gapirib berdi.


Texnologik xabning yaratilishi uchun zamin

Texnologik konferensiyalarda qatnashish uchun men tez-tez turli mamlakatlarga sayohat qilaman. Sayohat davomida biznes vazifamdan tashqari, shaharda qanday IT tadbirlari o‘tkazilayotganini ko‘rish men uchun qiziq.

Men besh marta “Kremniy vodiysi"da bo’lganman va har safar turli ilovalar orqali voqealarning joylashuvi yoki qiziqishlar bo’yicha qidirganman. San-Fransiskoda ko’plab tadbirlar bo’lib o’tadi: tadbirlar bir kunda Google va Uber ofislarida o’tkazilishi mumkin. Ularning barchasi ochiq, ba’zan pullik, ba’zan ro’yxatdan o’tish orqali. Xuddi shunday holat Isroil va Turkiyada ham kuzatilmoqda.


Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Men tushunib yetdimku, bizda ham xuddi shunday tadbirlar o’tkaziladigan, odamlar bir-birlari bilan suhbat quradigan va rivojlanadigan maydon yaratilishi kerak. Hozirda bunday imkoniyat mavjud emas.

Buni aynan IT sohasi odamlari yaratishi kerak edi, ular qayerda bo’sh joy, qanoatlantirilmagan talab borligini yaxshi tushunadilar. Biz bu tashabbusni o‘z zimmamizga oldik.

Bundan oldin bizda tadbir saytlari bor edi, lekin ular qimmat va ularda texnologiyaga e’tibor yo’q. Shunday qilib, biz IMPACT.T ni yaratishga qaror qildik. Biz axborot texnologiyalari sohasidagi odamlarni, shuningdek, ijodiy hamjamiyatni: fotosuratchilar, arxitektorlar, dizaynerlarni to’playmiz.

Biz ularni seminarlar, ma’ruzalar, konferentsiyalar, master-klasslar o’tkazishga taklif qilamiz. Ular hatto jamiyatga qandaydir foydali ta’sir ko’rsatsa, ularga bepul joylar berishga ham tayyormiz.

Maqsad va vazifalar

Biz birinchi navbatda ijtimoiy vazifani bajarmoqchimiz. Shuning uchun biz Impact Territory (“ta'sir hududi” — Spot) deya nom tanladik. Biz sohaga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi nuqtaga aylanmoqchimiz, dunyoga ta’sir ko’rsatadigan yangi korxonalar, yangi tadbirkorlar paydo bo’lishiga yordam bermoqchimiz.

IMPACT.T — men uchun biznesdan ko’ra ko’proq rivojlanish va sanoatga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ishonamanki, bu loyiha uzoq muddatda juda yaxshi foyda keltiradi, chunki biz IT startaplarini o’qitib, ularga sarmoya kiritmoqchimiz. Vaqt o’tishi bilan ular kattalashadi. Bu 2−3 yilga mo’ljallangan qisqa muddatli loyihalar emas, bu jarayonlar 10 yil davom etishi mumkin.

Startapning muvaffaqiyatli rivojlanishidan so’ng kompaniya akselerator bilan foizlarni to’lash yoki bir martalik chek uchun shartnoma tuzadi va akseleratordan o’tgan startaplarning ta’sir kuchi anchayin yuqori bo’ladi.

Bizning 2030-yil oxirigacha belgilangan maqsadli rejalarimiz bor. Akseleratsiya va investitsiyalar orqali biz oʻzbek ildizlariga ega boʻlgan bitta IT unicorn va qiymati $100 mlndan ortiq boʻlgan 10 ta kompaniyaning paydo boʻlishida ishtirok etmoqchimiz.

Biz ko’taradigan shior — The place for people with global ambitions (““Global ambitsiyalari bo’lgan odamlar uchun joy” — Spot tah.). Bu bizning ikkinchi vazifamiz — startap-akseleratorlarni ishga tushirishni tavsiflaydi. Biz nafaqat mintaqaviy yoki mamlakat miqyosida, balki butun dunyoda fikrlaydigan global ambitsiyalarga ega startaplarni yaratmoqchimiz va ularga yordam bermoqchimiz.


Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Asos sifatida “Kremniy vodiysi"ni olamiz. Chunki unda startaplarda rivojlanish uchun yordam ko’rsatiladi, $125 mingdan $500 minggacha bo’lgan miqdorda investitsiya kiritiladi va 3 oy davomida tezroq o’sishga erishish uchun har-tomonlama targ’ibot olib boriladi. Keyinchalik esa ularni “qo'yib yuborishadi”, ammo networking orqali doimo investorlar topishga va boshqa ishlarda ko’mak berishadi.

Coworking, Hub, akselerator va boshqalar

Binoning birinchi qavatida B&B Coffee joylashgan va kovorking markazi ham aynan shu qavatda. U yerda odamlar ish joyini bir kun, bir hafta yoki bir oyga ijaraga olishlari mumkin.

Ikkinchi qavatda tadbir zonasi va markazimiz rezidentlari — dasturlash tillarini o’rgatuvchi Digital Camp IT o’quv markazi mavjud.

Uchinchi qavatda, shuningdek, yopiq ofislar ko’rinishidagi kovorking maydoni joylashgan bo’lib, u yerda siz 5−15 kishilik xonani ijaraga olishingiz mumkin. Shunday qilib, butun xona ijaraga beriladi, unga texnik xizmat ko’rsatish — printerlar, qahva, ofis menejeri, tozalash, xavfsizlik, yuqori tezlikdagi Internet, shuningdek, yig’ilish xonalari va tadbirlar saytidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Agar siz va sizning jamoangiz ishlash uchun joy izlayotgan bo’lsangiz va uzoq muddatli shartnomalar tuzishni va butun tashkilot bilan shug’ullanishni istamasangiz, bu qulay — siz hamma narsa tayyor bo’lgan ofisni ijaraga olasiz va ishlay boshlaysiz.

To’rtinchi qavatda katta tadbir maydoni joylashgan bo’lib, u yerda biz 200 kishini to’plashimiz mumkin. Shuningdek, dam olish xonasi ham mavjud.

Tom qismida esa terassa tashkillashtirdik, u yerda ham tadbirlar o’tkaziladi.

Podvalda bizda yopiq Sleeping Pod massaj kreslolari bo’lgan dam olish xonalari bo’ladi, unda tashrif buyuruvchilar dam olishlari mumkin.


Shaxsiy arxiv

Ish joyiga uchun oyiga 1,7 million so‘m, ofis ijarasi 6 million so‘mdan boshlanadi. Miting zallari va tadbirlar o’tkaziladigan joylar ham ijaraga beriladi.

Bizda mentorlik soatlari bor. Rezidentlar maslahat uchun ustozlar bilan bog’lanishlari, savollar berishlari, tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin. Kovorkingimiz rezidentlari uchun 300 ming so’mgacha bo’lgan tadbirlarda ishtirok etish bepul.

Shuningdek, xorijlik akseleratorlar bilan xorijlik mutaxassislarni tajribaga olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu soha tajriba, yaxshi tarmoq va sarmoya talab qiladi, shuning uchun bizga katta tajribaga ega odamlar kerak.

Akselerator masofadan turib amalga oshiriladi, lekin mahalliy murabbiylar ko’magiga asoslangan holda.

Biz xalqaro venchur fondlarini ham jalb qilmoqchimiz. Ularning shu yerda o‘z ofislarini ochishlari uchun muzokaralar olib bormoqdamiz.

Tadbirlar formati va marketing

Birinchi tadbirlardan biri Techtalks formatidagi markazda bo’lib o’tdi. Bu sun’iy intellekt va metaolam haqida ma’ruza edi.

Shuningdek, men Baxtiyor Xasanov bilan YCombinator (dunyodagi birinchi raqamli akselerator Kremniy vodiysida joylashgan, AirBnB, Stripe, Twitch kabi startaplarning rivojlanishiga yordam bergan)dan o‘tgan startaplar haqida munozaralar klubi tadbirini olib bordim. Muhokama klubida biz ular tezlatgichdan qanday o’tgani, ularning hozirgi holatini nima o’zgartirganini muhokama qildik. Biz buni o’rganishga qiziqamiz.

Bu format davom etadi, texnologiya va ijod bilan bog’liq bunday tadbirlarni ko’plab o’tkazamiz.

Biz takliflarga ochiqmiz, agar kimdir ma’ruza o’qishni xohlayotganini aytsa, masalan, zamonaviy arxitektura bo’yicha, biz yordam berishdan mamnun bo’lamiz.

Biz marketingga hech qanday sarmoya kiritmaganmiz va buni qilmoqchi ham emasmiz. Bu yerda biz ko’pchilik uchun qiziqarli va foydali tadbirlarni o’tkazamiz. Tadbirlarimizni yorituvchi barcha bloggerlar ishtirokchi sifatida keladi.

Telegram kanalimiz va Instagram akkauntimiz bor, u yerdan odamlar biz haqimizda bilib olishadi.

Ba’zi tadbirlar uchun bizda shunchaki chiptalar qolmaydi. Bu bizda yaxshi kontent yetishmasligidan darak beradi.

Qadriyatlar

Biz juda demokratik jamiyatmiz. Erkinlik, bir-biriga ishonch va tenglik qadriyatlar tizimimizga kiritilgan. Agar siz kattaroq bo’lsangiz, bu sizning fikringiz muhimroq degani emas, bu yerda hamma teng.


Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Bizda munosabatlar liberal shaklga asoslangan. Biz Kremniy vodiysi mentalitetiga intilamiz va qo‘l berib ko‘rishish ikki tomon o‘rtasidagi shartnoma tuzilganini anglatishini xohlaymiz. Bu ko‘proq fikrlash tarzi, Silikon vodiysi ruhi haqida.

Impact — nafaqat ish joyi, balki hamjamiyat, communitydir. Agar siz bizning kovorking maydonimizning bir qismi bo’lsangiz va biz uchun ishlasangiz, biz sizga tarmoq, maslahat va rivojlanishda yordam beramiz.

Yo’nalishlar

Kremniy vodiysida bizga o‘xshagan Plug and Play kompaniyasi bor. Bu kovorkingdan kelib chiqqan akselerator. Ammo biz YCombinator kabi bo’lishni orzu qilamiz.

Hozir ko‘plab o‘quv markazlari bor, yoshlar IT sohasida tahsil olmoqda. Bu odamlar startap yaratish uchun kelganlarida, ular bizga murojaat qilishadi. Endi biz buning uchun to’g’ri joyda va to’g’ri vaqtdamiz.

Bizning maqsadli auditoriyamiz allaqachon biznesda bo’lgan odamlardir.

O‘zbekistonda chet el kompaniyalarida masofadan turib ishlayotgan va oyiga $2−4 ming oladigan frilanserlar ko‘p. Ularga ishlash uchun tinch joy kerak. Qulaylik va xotirjamlik uchun to’langan $160 -ular katta summa emas.

Ayni paytda katta tendensiya kuzatilmoqda: kompaniyalarda dasturchilarning yarmidan ko’pi O’zbekistonning turli mintaqalaridan. Bu yerga kelib $1,5−3 ming i pul ishlab topmoqdalar.Bu O‘zbekiston standartlari bo‘yicha katta pul. Ayniqsa, viloyatlar uchun.

Hozir mamlakat aholisining 95 foizdan ortig‘i o‘zbek tilida so‘zlashadi. Yevropalashgan aholi uchun rus tilidagi kontentga kirish osonroq. Rus tilida juda ko’p ma’lumotlar mavjud. Biz o’zbek tilidagi kontentga ko’proq e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan bo’shliq deya qaraymiz.

Hozir IT sanoati juda past darajada. Haqiqatan ham yaxshi startaplar juda oz, chiqishlar kam (katta summaga sotiladiganlari- Spot). Bizda bunday bir nechta muvaffaqiyatli misollar bor xolos.

Qozog‘istonga qaraydigan bo‘lsak, bu bozor 10 barobar rivojlangan. Biz ko’p jihatdan ortda qoldik: kadrlar, biznes hajmi bo’yicha.


Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Ammo hozir bum boshlandi, odamlar dasturlash tillarini o’rganishni boshladilar, yoshlarda qiziqish paydo bo’ldi. Odamlar ko’pincha o’zlari yoki xususiy o’quv markazlarida o’qishmoqda. O‘ylaymanki, 2−3 yildan keyin harakat yanada faollashadi.

Rejalar

Agar kengayadigan bo’lsak, katta ehtimol bilan boshqa startap ekotizimlarida IMPACT.T filiallarini ochamiz: Ukraina, Belorussiya yoki AQShda, eng yaxshisi Kremniy vodiysida ofis ocharmiz.

Belarus va Ukrainaga resurslar — odamlar uchun boramiz. Bizda rezident kompaniyalar bo’lsa, ular bu yerda bo’lmagan mutaxassislarga muhtoj bo’ladi.

So’nggi o’zgarishlardan xabardor bo’lish va nima bo’layotganini tushunish uchun Kremniy vodiysida bo’lishni rejalashtirmoqdamiz.

Turkiya, Isroil, Ukrainadan olib kelgan yigitlarimiz bor, ular allaqachon bizning kompaniyalarda ishlamoqda. Biz loyihalarimiz ustida ishlash uchun Kremniy vodiysidan maslahatchilarni jalb qildik.