“Cotton campaign” tomonidan boykotlarni bekor qilinishi O’zbekistonga nima beradi — Shoxrux Qayumov fikri

Fratelli Casa hamda Uzbextile tekstil plaformasi hamasoschisi Shoxrux Qayumov Facebookdagi sahifasida boykotning olinishi tekstil sohasiga qanday yengilliklar berishi haqida o’z fikri bilan bo’lishdi.


O’zbekistondagi qiymati $1 mlrd bo’lgan loyihani tashkil etmoqchimiz — Akmal Payziyev, IMPACT.T ning yo’lga qo’yilishi haqida

Akmal Payziyev Spot’ga IT sanoatning rivoji, Kremniy vodiysi mentaliteti va viloyatdan kelib ishlayotgan frilanserlar haqida so’zlab berdi.


YeTTB va Oʻzbekiston 20 mln dollarlik birinchi valyuta svop-kelishuvini amalga oshirdi

Derivativ vositalar bilan operatsiyalarni rivojlantirish valyuta risklarini kamaytiradi va soʻmda kreditlashni soddalashtiradi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Barcha talaba qizlarga kontraktlarni toʻlash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadi. Bu haqda Prezident ma’lum qildi.
  2. “Bektemir-spirt” eksperimental zavodining 51 foizi xususiylashtiriladi. Baholovchi kompaniya tanlovi eʼlon qilindi. Takliflar 11-martgacha qabul qilinadi.
  3. Ilon Mask AQShda neft va gaz qazib olishni zudlik bilan oshirishga chaqirdi. Tesla asoschisi faqat shunday chora-tadbirlar Rossiya uglevodorodlari oʻrnini tezda almashtirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
  4. “Reklama toʻgʻrisida"gi qonun loyihasidan ayrim mahsulotlar reklamasiga cheklov olib tashlangan. Qonun loyihasining dastlabki variantida tarkibida qand, tuz va yogʻ miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlar reklamasiga nazarda tutilgan cheklov chiqarib tashlangan.
  5. Oltin tanga va quymalar ikki hafta ichida deyarli 10 foizga qimmatlashdi. Biroz pasaygandan soʻng, oltin narxlari koʻtarildi. Faqat bir kun ichida u 5% qimmatladi.
  6. Plastik kartalardan pul o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy jazo kuchaytiriladi. Firibgarlik yoʻli bilan mablagʻ talon-toroj qilganlik uchun 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash mumkin boʻladi.
  7. Yagona portalda yana bir xizmat yoʻlga qoʻyildi. Endilikda istalgan avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni olish mumkin boʻladi.
  8. “Exadel” kelgusida ish bilan taʼminlash asosida “QA Asoslari” bepul kursini ishga tushirdi. Nomzod ingliz tilini bilishi, HTTP/HTTP, TCP/IP, mijoz-server boʻyicha asosiy bilimlarga ega bo’lishi kerak.
  9. Aliment boʻyicha qarzdorlar mashina boshqarish huquqidan cheklab qoʻyiladi. Bu prezident farmonida aks etgan.
  10. Buxoroda Xitoyda ishlab chiqarilgan elektrobuslar harakati yoʻlga qoʻyildi. Elektrobuslar 2,5 soat davomida oladigan toʻliq quvvati bilan 300−350 kilometr masofani bosib oʻtadi.