Samsung kompaniyasi 17-mart kuni Galaxy A oilasini toʻldiradigan yangi oʻrta sinf smartfonlarining taqdimoti boʻlib oʻtishi haqida tizer eʼlon qildi. Xususan, Galaxy A53 va Galaxy A73 qurilmalari anons qilinishi kutilmoqda.
Tizer turli fonlarda har xil dizayn variantlarida “A” belgisini koʻrsatadi. Kuzatuvchilarning fikricha, bu turli rangdagi smartfonlar tayyorlanayotganidan dalolat beradi.
Galaxy A53 va Galaxy A73 ning asosiy texnik xususiyatlari allaqachon maʼlum. Ushbu qurilmalardan birinchisi 6,5 dyuymli, ikkinchisi 6,7 dyuymli displeyga ega boʻladi. Ularning ikkisi ham 120 Gts yangilanish tezligiga ega FHD + formatidagi (1080×2400 piksel) Super AMOLED Infinity-O paneli bilan jihozlangan.
Galaxy A53 modellari Samsung Exynos 1280 protsessoriga ega, Galaxy A73 esa Qualcomm Snapdragon 778 chipi bilan jihozlanadi.
Yangi mahsulotlarning boshqa xususiyatlari bir xil boʻlishi kutilmoqda. Jumladan, 32 megapikselli old kamera va 64 + 12 + 5 + 5 million pikselli konfiguratsiyadagi toʻrtta orqa kamera. Uskunaga 6/8 GB operativ xotira, 128/256 GB sigʻimli flesh-disk, ekrandagi barmoq izlari skaneri, stereodinamiklar va NFC kontrolleri kiradi. Akkumulyator 25 vatt quvvatga ega boʻlgan 5000 mA/soat batareya bilan taʼminlanadi.
Avvalroq Spot 2030-yilga borib har oʻninchi smartfon egiluvchan displey bilan jihozlanishi haqida yozgan edi.