Oʻzbekiston banklari 14-mart, seshanba kuni yana dollar kursini oshirdi.
Aksariyat banklar AQSh valyutasini 11 080 soʻmdan, baʼzilari esa 11 090 soʻmdan chiqaradi. Sotib olish kursi 10 970 soʻmdan 11 030 soʻmgachani tashkil qilmoqda.
Eng arzon dollar “Oʻzagroeksportbank"da — 11 050 soʻmdan taklif qilinmoqda, shuningdek, “Kapitalbank”, “Qishloq qurilish bank” va “Universalbank"da 11 ming 60 soʻmdan sotilmoqda. Eng qulay xarid kursi “Ziraat Bank” tomonidan taklif etilgan — 11 040 soʻm.
Bir kun avval Markaziy bank dollarning rasmiy kursini yana 34 soʻm 97 tiyinga oshirdi. Endilikda Amerika valyutasining birligi 11 033,03 soʻmga baholanmoqda.
Bungacha rekord koʻrsatkich dushanba kuni oʻrnatilgan — 11 050 soʻm. Oʻtgan haftada Amerika valyutasi oʻzining eng yuqori choʻqqisiga uch marta koʻtarilib, 11-mart kuni 11 000 soʻmga yetdi.
Rossiya valyutasining kursi esa 97 soʻm 81 tiyin atrofida turdi — Markaziy bank uni yana 3 soʻmga oshirdi. Banklarda sotish kursi 92−101 soʻm, xaridlar 85−95 soʻm orasida oʻzgarib turadi.
Rublni sotib olish uchun qulay kurs “Asakabank”, “Ipoteka bank” va “Savdogarbank” tomonidan 95 soʻm etib belgilandi. Eng past sotish narxi “Ipak yoʻli” banki tomonidan belgilandi — 98 soʻm.