Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida emlanganlik sertifikatlarini oʻzaro tan olish haqidagi kelishuvga erishildi. Bu haqda “Vaksinauz” kanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston hukumati va Turkiya hukumati quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldi:
- tomonlar qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 virusiga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni oʻzaro tan oladi;
- tomonlar emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikat egasiga davlatlari hududiga COVID-19 virusi tarqalishi oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydi;
- milliy darajada yoki JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan toʻliq emlangan ikki mamlakatdan kelgan sayohatchilar, agar emlash tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, oʻz mamlakatlariga kirishda ushbu qoidalardan foydalanadi.
Avvalroq Tojikiston Oʻzbekiston COVID-sertifikatlarini rasman tan olishi haqida xabar berilgandi.