Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozoridagi talab oʻzgarishlarini tahlil qildi.

Unga koʻra, 2022-yil fevral oyida respublika boʻyicha 22 mingta koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirildi va joriy yilning yanvar oyiga (17,7 ming) nisbatan 24,1% ga koʻpaydi. 2021-yilning shu davriga (20,2 ming) nisbatan oʻsish surʼati 8,7%, 2020-yilning fevral oyiga (16,9 ming) nisbatan 30% ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida fevral oyidagi eng yuqori oʻsish surʼatlari Buxoro (50,8%), Namangan (37%), Fargʻona (30,9%) va Xorazm (29,6%) viloyatlarida qayd etildi.


Koʻchmas mulk bozorida bitimlar sonining kamayishi Toshkent (-13,4%), Navoiy (-6,4%) va Andijon (-1,9%) viloyatlarida kuzatildi.

Mutaxassislarning fikricha, 2020-yildagi koronavirus inqirozidan soʻng Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozoridagi vaziyat 2021-yilda toʻliq tiklandi.

Avvalroq Moliya vazirligi tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari $42 mln miqdorida qayta moliyalashtirilishi haqida ma’lum qilgandi.