Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirusga qarshi bir qator talablarning amal qilishi toʻxtatildi.
Xususan, 2022-yilning 16-martidan boshlab, Oʻzbekistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan oʻtkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi.
Shuningdek, Oʻzbekistonga kirib keluvchilar respublikaga tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR-testi natijasi boʻyicha manfiy natijali maʼlumotga ega boʻlishi talabi bekor qilinmoqda.
Xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchilarga tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega boʻlgan taqdirda, ulardan PZR-testi natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talabi qoʻyilmaydi.
Avvalroq Tojikiston Oʻzbekiston COVID-sertifikatlarini rasman tan olishi haqida xabar berilgandi.