Oʻzbekiston banklari 16-mart, chorshanba kuni soat 11:00 dan boshlab dollar kursini yana oshirdi.
Aksariyat banklar AQSh valyutasini 11 380 soʻmdan, baʼzilari esa 11 385 soʻmdan sotmoqda. Sotib olish stavkasi 11 150 — 11 330 soʻm oraligʻida.
Eng arzon dollar KDB Bankda sotilmoqda — 11 360 soʻm. Eng qulay xarid kursi “Savdogarbank” tomonidan taklif etilgan — 11 335 soʻm.
Oxirgi 7 kun ichida AQSh valyutasining banklararo kursi maksimal 5 marta — barcha ish kunlarida yangilandi. 10-mart kuni bir dollar 10 970 soʻm boʻlgan boʻlsa, bir kun oʻtib 11 ming soʻmga yetdi. Seshanba kuni banklar stavkani ikki marta oshirib, 11200 soʻm etib belgiladi.
Markaziy bankning dollarning rasmiy kursi ham rekord oʻrnatdi — 11 150,12 soʻm. Oʻsish 117 soʻm 9 tiyinni tashkil etib, kunlik kurs yangilanishi boshlanganidan beri eng yuqori koʻrsatkichga yetdi. Milliy valyuta kursi kun davomida 1 foizdan ortiq, yil boshidan esa 2,9 foizga qadrsizlandi.
Rossiya valyutasining kursi yana 1,45 soʻmga mustahkamlandi — Markaziy bank uni 99 soʻm 26 tiyin atrofida belgiladi. Banklarda sotish kursi 100−115 soʻm, xaridlar 90−98 soʻm orasida oʻzgarib turadi.
Ipoteka-bank rublni eng qulay kursda — 104 soʻmdan sotib oladi. Eng past sotish narxi “Ipak yoʻli” banki va “Invest Finance” banki tomonidan belgilandi — 100 soʻm.