Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining xabar berishicha, 2021/2022-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilar oʻqishi uchun kontrakt miqdorini toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 1-aprel sanasi etib belgilandi.
Ushbu muddat:
- toʻlov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
- toʻlov-kontrakt asosida professional taʼlim muassasalari (texnikum, kollej)ga oʻquvchilikka tavsiya etilganlar;
- tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
- oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.
Avvalroq magistratura talabasi boʻlgan qizlarning kontrakti davlat tomonidan toʻlab berilishi haqida xabar berilgandi.