Samsung kompaniyasi One UI 4.1 foydalanuvchi qoʻshimchasiga ega Android 12 operatsion tizimida ishlaydigan oʻrta sinfdagi Galaxy A73 va Galaxy A53 smartfonlarini eʼlon qildi. Oʻzidan oldingilariga nisbatan yangiliklar nafaqat yuqori unumdorlikni, balki 5G aloqasini qoʻllab-quvvatlaydigan yangi protsessorlarni oldi.
Qurilmalar mos ravishda 6,7 va 6,5 dyuymli Super AMOLED Infinity-O displey bilan jihozlangan. Ikkala holatda ham 1080×2400 pikselli va 120 Gts yangilanish tezligiga ega Full HD + formatidagi matritsadan foydalanilgan. Ekran Corning Gorilla Glass 5 bilan himoyalangan.
Galaxy A73 modeli Adreno 642L grafik tezlatkichli Qualcomm Snapdragon 778G protsessoriga ega. Orqa tomonda 108 + 12 + 5 + 5 mln pikselli konfiguratsiyada toʻrtta kamera oʻrnatilgan.
Galaxy A53 modifikatsiyasi Mali-G68 grafik tezlatkichiga ega Samsung Exynos 1280 chipini oldi. Kvadrokamera 64, 12, 5 va 5 million pikselli datchiklarni birlashtiradi.
Ikkala smartfonda ham 32 megapikselli selfi kamerasi, ekrandagi barmoq izlari skaneri, stereodinamiklar, NFC kontrolleri va USB Type-C porti mavjud. Quvvat 25 Vt quvvatga ega 5000 mA/soat qayta zaryadlanuvchi batareya bilan taʼminlanadi. IP67 standartiga muvofiq namlik va changdan himoyalangan.
Galaxy A73 va Galaxy A53 6 GB va 8 GB operativ xotira hamda 128 va 256 GB doimiy xotira bilan sotuvga chiqariladi. Hozircha faqat A53 ning narxi ochiqlandi — $450 dan.
Mavzuga doir: Xiaomi smartfon, quloqchin va aqlli soatlar premyerasi boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.