Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonga 2022-yil yanvar-fevral oylarida Qozogʻistondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmini eʼlon qildi.
Ushbu koʻrsatkich quyidagicha koʻrinish oldi:
- bugʻdoy — 436 ming tonna ($113,1 mln)
- bugʻdoy uni — 51,3 ming tonna ($15,9 mln);
- oʻsimlik yogʻi — 12,3 ming tonna ($14,6 mln);
- margarin mahsulotlari — 8,6 ming tonna ($11 mln);
- qoramol goʻshti — 1,2 ming tonna ($5,6 mln);
- arpa — 19,9 ming tonna ($4,3 mln);
- makkajoʻxori — 12,8 ming tonna ($3,4 mln);
- kartoshka — 12,6 ming tonna ($2,4 mln).
Avvalroq Spot Rossiya shakar va don eksportini vaqtincha taqiqlaganligi haqida xabar bergandi.