Space Marketing&Academy asoschisi Azizbek Umaraliyevning biznesda yo’l qo’ygan xatolari

2021-yilning eng faol marketologi, SMM va marketing sohasi bo’yicha mutaxassis Azizbek Umaraliyev Spot’ga nima uchun yaqin do’stlar bilan biznes hamkor bo’la olmasligi, nega har bir shartnoma yuridik tomondan puxta kelishuv asosida tuzilishi kerakligi va boshqa xatolar haqida so’zlab berdi.


O’zbekistondagi kobeyjing karta ochishning shartlari va narxlari. Mart 2022

Hozirda bunday turdagi kartalarni 33 ta bankdan 14 tasida olish mumkin. Ochish narxi 10 ming so’mdan 100 ming so’mgacha o’zgaradi. Amal qilish muddati 3 yildan 5 yilgacha.


Ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari oshdi. Eng yuqori oʻsish Sirdaryo viloyatida qayd etilgan

Samarqand, Andijon va Namangan viloyatlarida uy-joy narxining pasayishi qayd etildi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Xorazmda quvvati 174 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi. Yangi GPES toʻliq ishga tushirilgandan keyin yiliga 1,5 mlrd kVt*s elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
  2. Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagan tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritildi.
  3. Ayrim issiqxona xo‘jaliklariga gaz uchun oshirilgan stavkada to‘lov qo‘llash tartibi bekor qilinadi. Issiqxona qurish uchun milliy valyutada imtiyozli foizlarda kredit ajratish mexanizmi joriy etiladi.
  4. Birja “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati aksiyalari savdosini to‘xtatdi. Kompaniya soʻnggi kunlarda “aksiyalarni sotish boʻyicha firibgarlik harakatlari” haqida gapirdi.
  5. Ayrim fuqarolardan “qizil pasport” uchun davlat boji undirilmasligi belgilandi. Bu prezident qarorida aks etgan.
  6. Rossiya shakar va don eksportini vaqtincha taqiqladi. Don cheklovlari 30-iyungacha, shakar — 31-avgustgacha amal qiladi.
  7. Grafit tanqisligi sababli elektromobil ishlab chiqarish xavf ostida qolmoqda. Mineralning asosiy yetkazib beruvchisi Xitoy yil davomida narxlarni 38,2 foizga oshirdi.
  8. Qayta moliyalash stavkasi 17% gacha ko’tarildi — Markaziy bank. Mazkur qaror ichki narxlar keskin oʻsishining oldini olish, toʻlov tizimi uzluksizligi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
  9. Oʻzbekistonda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash shtabi ish boshladi. Shtabda investitsiyalarni jalb qilish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish, tashqi savdo, transport va tranzit boʻyicha salohiyatni rivojlantirish boʻyicha ish tashkil etilgan.
  10. Mehnat muhojirlarining Rossiyani ommaviy ravishda tark etishi kutilmayapti — ekspert. Biroq baʼzilar ishini oʻzgartirishi mumkin. Qurilishda esa hali ham mehnat kuchining yetishmovchiligi bor.