Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 196 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8% ga oshgan.
Shuningdek, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagini tashkil etdi:
- Avtomobil benzini — 196 ming tonna
- Koʻmir — 878,6 ming tonna
- Neft — 118,3 ming tonna
- Gaz kondensati — 230 ming tonna
- Yengil avtomobil — 39 922 dona
- Avtobus — 68 dona
- Yuk avtomobillari — 425 dona
- Avtomobil dvigatellari — 32,8 ming dona
Avvalroq Spot grafit tanqisligi sababli elektromobil ishlab chiqarish xavf ostida qolayotgani haqida yozgan edi.