Xiaomi oʻzining birinchi elektromobilini yaratish haqida bir yil oldin eʼlon qilganiga qaramay, bu haqda maxsus tafsilotlar yoʻq — maʼlumotlarni asta-sekin yigʻishga toʻgʻri kelmoqda. Endilikda dastlabki prototipning paydo boʻlish sanasi koʻrsatib oʻtildi va uni uzoq vaqt kutish talab qilinmaydi.
Xiaomi kompaniyasining Pekin-Tyanszin boʻlimi bosh direktori Luo Baoszyunning soʻzlariga koʻra, Xiaomi kompaniyasining birinchi elektromobili prototipi joriy yilning uchinchi choragida namoyish etiladi. Yaʼni u sentyabr oyidan kechikmaydi. Mashina aynan nimalarni oʻzida jam qilishi top-menejer tomonidan ochiqlanmadi, ammo uning taʼkidlashicha, avtomashina barcha kutgandan ham ziyoda boʻladi.
Ayni paytda Xiaomi xodimlarni faol ravishda jalb qilmoqda. Masalan, joriy yilda MIUI tizimida ishlovchi xodimlarning bir qismi avtomobilsozlik boʻlimiga oʻtkaziladi.
Kompaniya hozirda Pekin yaqinida ikki bosqichga moʻljallangan zavod qurmoqda: birinchisining quvvati — yiliga 150 ming avtomobil, ikkinchisi ham xuddi shuncha. Koʻrinishidan, mashina ustidagi muhandislik ishlari parallel ravishda davom etmoqda, chunki prototip olti oy ichida paydo boʻlishi maʼlum qilindi.
Mavzuga doir: Foto: Xiaomi smartfon, quloqchin va aqlli soatlar premyerasi boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.