“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati va “Қазақстан темiр жолы” MK" AJ bilan kelishilgan holda joriy yilda Qozogʻiston Respublikasiga yana bir yoʻlovchi poyezd harakati tashkil etilmoqda.
2022-yil 2-maydan boshlab haftada uch marotaba Olma-ota-2 — Toshkent — Olma-ota-2 yoʻnalishida ½-sonli poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu poyezd “Toshkent-Markaziy” vokzalidan har seshanba, payshanba va yakshanba kunlari jadval asosida Qozogʻistonga joʻnab ketadi. Oʻzbekiston tomon esa, “Olma-ota-2” temir yoʻl vokzalidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari qatnaydi.
Boshqa qoʻshni davlatlar bilan temir yoʻl yoʻnalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda.