Vazirlar Mahkamasining “Charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Buning uchun Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi kichik sanoat zonasi tashkil etish uchun koʻrsatilgan tuman (shahar) hududlarida yer maydonlari ajratilishini taʼminlaydi.
Kichik sanoat zonalari hududida uning ishtirokchilariga yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi yoki uzoq muddatga ijaraga beriladi.
Belgilab qoʻyilishicha, kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun oʻrmon xoʻjaligi joylashgan yer maydonlari ajratilgan taqdirda, oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari istisno tariqasida undirilmaydi.
Tuman (shahar) hududlarda tashkil qilinadigan terini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari hamda tayyor charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalar roʻyxati: