“Uzbekistan Airways"ning xabar berishicha, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar oʻzaro tan olindi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat chegarasidan oʻtish vaqtida Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari oʻz davlatlarida emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlsa, PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari shart emas.

Maʼlum qilinishicha, barcha sertifikatlar QR-kodiga ega boʻlishi kerak.

Bundan oldin Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida emlanganlik sertifikatlarini oʻzaro tan olish haqidagi kelishuvga erishilgandi.