Oʻzbekistonda 1-apreldan nimalar oʻzgaradi

Spot 2022-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.


Mobiuz va bir qator yirik davlat obyektlari xususiylashtiriladi. Ro’yxatda “Tashkent City” bog’i ham bor

Shuningdek, 2022-yil yakunigacha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” ATBning davlat ulushlari savdoga chiqariladi.


Qimmatbaho metallarni tadbirkorlar tomonidan qazib olish tartibi belgilandi

Nizomga ko’ra, yer qa’ri uchastkalari “E-auksion” portaliga qo‘yiladi va uning bir gektari boshlang‘ich narxi BHMning 35 baravari (9 mln 450 ming so‘m) etib belgilanadi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Prezident hukumatga bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha topshiriq berdi. Shuningdek, eksportchi korxonalarning transport xarajatlarini qisman qoplash amaliyotini kengaytirish boʻyicha koʻrsatma berildi.
  2. Davlat korxonalarini investorlarga sotish soddalashtirildi. Davlat aktivlari boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilganda dastlabki toʻlov summasi 35% dan kam boʻlgan holatlarda, qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi.
  3. Xiaomi ilk elektromobilining prototipini sentyabr oyida maʼlum qiladi. Mashina aynan nimalarni oʻzida jam qilishi ochiqlanmadi.
  4. Nexia-3 ni navbatsiz xarid qilish mumkin biroq Lacettiʼni 33 000 dan ortiq mijoz kutmoqda
    Ikki oy ichida deyarli 40 mingta avtomobil ishlab chiqarildi, bu — oʻtgan yilga qaraganda koʻproq, lekin 2020 yilga qaraganda kamroq.
  5. Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi birinchi IES qurilishiga start berdi. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Surxondaryodagi 500 ming xonadonni ham nurga toʻldiradi.
  6. 1-iyundan sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshi oshiriladi. Yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga qoʻshimcha 25% miqdorida ustama toʻlash joriy etiladi.
  7. Respublika boʻyicha eng koʻp kredit rasmiylashtirilayotgan hudud nomi ma’lum boʻldi. Berilgan kreditlar hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,8% ga oʻsdi.
  8. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 million so‘mdan subsidiya ajratiladi.Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi (ijarachi)larga paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari uchun 2022−2023 yillarda sinov tariqasida rag‘batlantirishning yangi mexanizmlari joriy etiladi.