UZCARD Ventures fondi “Venchur kapitali: Oʻzbekistonda illyuziya yoki voqelik — IMAN keysi” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazdi. Bu haqda UZCARD saytida aytiladi.
Avvalroq, bir guruh venchur investorlar, jumladan UzAngels va UZCARD fondi $200 mingdan ortiq mablagʻga IMANʼga sarmoya raundini yopishgan edi. Singapur va Qozogʻiston investorlarini hisobga olgan holda raundning umumiy qiymati $1 mln ni tashkil etdi.
Shu munosabat bilan UZCARD Ventures kompaniyasi fintech startap asoschilari bilan xalqaro konferensiya oʻtkazadi. Unda bitimda ishtirok etgan oʻzbekistonlik va xorijiy venchur investorlar ham ishtirok etadi.
Maʼruzachilar IMANʼga sarmoya kiritish va bitimni tuzish tajribasi haqida gapirib berishadi, shuningdek, startapni kengaytirish boʻyicha keyingi rejalarni bayon qilishadi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonga sarmoya kiritishning huquqiy jihatlariga bagʻishlangan panel sessiyasi oʻtkaziladi.
IMAN qisqa vaqt ichida faol foydalanuvchilar sonini 50 mingga yetkazdi. Bu xalqaro standartlar boʻyicha UzAngels investorlari bilan sindikatlangan venchur bitimi tuzgan birinchi mahalliy startap boʻldi, dedi UZCARD Ventures boshqaruvchi hamkori Dilshod Zufarov.
Konferensiya 7-aprel kuni UZCARD korporativ akseleratori joylashgan joyda boʻlib oʻtadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.
Ishtirok etish bepul, lekin roʻyxatdan oʻtish shart. Ushbu havola orqali ariza topshirish va roʻyxatdan oʻtish mumkin.