Uzbekistan Airwaysʼning xabar berishicha, 2022-yil 30-martdan boshlab “Sharqiy” hab loyihasi doirasida “Namangan — Olmaota — Namangan” yangi xalqaro yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.
Qayd etilishicha, parvozlar haftada ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Avvalroq Spot 2022-yil 2-maydan boshlab haftada uch marotaba “Olma-ota-2 — Toshkent — Olma-ota-2” yoʻnalishida ½-sonli poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edi.