Ilgari sizdirilgan maʼlumotlarga koʻra, Samsung uchinchi buklanuvchi smartfon ustida ishlayotgani aytilgandi, uning kod nomi N4 edi, biroq uning ortidan bu uchinchi buklanuvchi smartfon Diamond kod nomi bilan atalganini koʻrsatuvchi yana bir maʼlumot paydo boʻldi.
Endilikda Project Diamond haqiqatan ham yuqorida tilga olingan modellarga hech qanday aloqasi boʻlmagan haqiqiy smartfon ekanligi maʼlum boʻldi. Manbaning aytishicha, bu Galaxy S23 flagman smartfonining ichki kod nomi.
Display Supply Chain Consultants va DisplaySearch tadqiqot firmalarining asoschisi Ross Yang Galaxy S23 allaqachon ishlab chiqilayotganini tasdiqladi, bu ajablanarli emas, chunki har bir keyingi avlod chiqishi bilanoq yangi flagman ishlab chiqila boshlanadi.
Galaxy S23 bizga keyingi avlod Qualcomm/Exynos chipsetlaridan tashqari nima olib kelishi haqida fikr yuritishga hali erta. Bundan tashqari, Samsung Galaxy S23 Ultra Samsungning 200 megapikselli tasvir datchigidan foydalanishi mumkin, ammo bozorda bunday kameraga ega birinchi telefon boʻlishi dargumon. Albatta, u Galaxy S22 Ultraʼdagi 45 Vt quvvatga qaraganda tezroq quvvat oladi.
Mavzuga doir: Xiaomi smartfon, quloqchin va aqlli soatlar premyerasi boʻlib oʻtishini maʼlum qildi.