“Ipoteka bank” mobil ilova orqali mijozlarga oldin olingan onlayn mikroqarzlar uchun yillik to’lov 26% ni tashkil etgani haqida xabar jo’natdi.

Ushbu holat regulyator tomonidan asosiy foiz stavkaning 17% ga oshirilganligi munosabati bilan yuz berdi.


Mobil ilova orqali rasmiylashtirilgan onlayn mikroqarzlar dastlab 14,5 mlngacha keyin esa 27 mln so’mgacha berilgan.

Ilova orqali olingan qarz uchun yillik foiz 21% ni tashkil qiladi. Bank saytida esa bu 23% deb ko’rsatib o’tilgan.

Joriy yilning 17-mart kuni Markaziy bank yillik stavkani 17%ga ko’targan edi.

18-martdan boshlab bank barcha kredit mahsulotlarini berishni to’xtatgan.