E’tibor qarating: Ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Kredit shartlari o’zgarishi mumkin. Aniq ma’lumot uchun Spot to’g’ridan-to'g'ri bank bilan bog’lanishni tavsiya qiladi. Ro’yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan olingan.


Hozirda mavjud 33 ta bankdan 14 tasida iste’mol kreditlarini olish mumkin.

Kreditlar bir yildan uch yilgacha muddatga beriladi. “O'zmilliybank” uch oylik imtiyozli davr taqdim etishga tayyor.

Ariza bir kundan besh kungacha ko’rib chiqiladi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ilovasida ro‘yxatdan o‘tish 2 daqiqa vaqtni oladi, buning uchun HUMO yoki UZCARD tizimidagi faol karta kerak bo‘ladi.

Maksimal kredit summasini 164 mln so’m bilan “Savdogarbank” taqdim etmoqda. Ammo buning uchun kreditning 20% dan 50% gacha summasini garov sifati da to’lash kerak.

Kerakli hujjatlar tarkibiga ariza, pasport, oxirgi yil uchun daromadlar haqida ma’lumotnoma, qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida kelishuv, kafil.

Bank nomi
Yillik stavka
Maksimal summa
Muddati
“Аloqabank”
25%
oylikka qarab belgilanadi
2 yilgacha
26%
3 yilgacha
Asia Alliance Bank
23%
135 mln
1 yilgacha
26%
2 yilgacha
28%
3 yilgacha
Ziraat Bank Uzbekistan
23,5%
81 mln
1 yilgacha
24,5%
2 yilgacha
25,5%
3 yilgacha
InfinBank
38%
27 mln
18oy
“Ipak Yo’li bank”
26,9%
80 mlngacha
3 yilgacha
“Мikrokreditbank”
28%
40 mln 500 ming.
3 yil
NBU*
25%
54 mlngacha
1 yilgacha
26%
2 yilgacha
27%
3 yilgacha
“Оrient Finans” bank
29%
50 mln
3 yilgacha
“Savdogarbank”
27%
164 mln
2 yilgacha
“Тrastbank”
25%
27 mln
1 yilgacha
27%
54 mln
2 yilgacha
“Тuronbank”
26%
81 mln
3 yilgacha
“O'zsanoatqurilishbank”
22% dan -39% gacha
24,5 mlngacha
1 yil
“Universalbank”
34%
54 mln
3 yil
Hamkorbank
30%
54 mln
1 yilgacha
34%
2 yilgacha
38%
3 yilgacha

*Ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun 22 dan 24% gacha.