2022-yil 11-aprel kuni ITWomen.Uz loyihasining uchinchi toʻlqini boʻlib oʻtadi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.
Loyiha ayollarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi — IT sohasida ayollar va qizlarni oʻqitish va ish bilan taʼminlashdan iborat.
Loyihaning uchinchi toʻlqini kompyuter savodxonligi boʻyicha oʻquv kurslaridan iborat boʻlib, 11-apreldan 28-aprelga qadar 2 hafta davom etadi. Mashgʻulotlar Respublikaning barcha IT-Markazlarida haftasiga 3 marta oʻtkaziladi (bugungi kunga qadar Oʻzbekiston boʻylab 205 ta IT-Markazlar faol ishlamoqda).
Eslatib oʻtamiz, loyihaning birinchi bosqichida 2000 dan ortiq xotin-qizlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda oʻqish imkoniyatiga ega boʻldi:
- kompyuter savodxonligi,
- mobil ilovalar
- veb-saytlar dasturlash
- veb-dizayn
- psixologik tayyorgarlik.
Bogʻlanish va batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.