“Uzbekistan Airways"ning xabar berishicha, Namangandan Krasnoyarskka parvozlar amalga oshirilishi boshlandi.
Xususan, 2022-yil 29-mart kuni “Sharqiy” hab loyihasi doirasida “Uzbekistan Express” Namangan — Krasnoyarsk — Namangan xalqaro yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirgan.
Ushbu yoʻnalishdagi muntazam aviaqatnovlar “toʻliq ekonom” formatida seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Namangandan uchish — 17:35 (Toshkent vaqti bilan), Krasnoyarskka yetib borish — 22:50 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Krasnoyarskdan uchish — 00:20 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Namanganga yetib kelish — 01:55 (Toshkent vaqti bilan).
Namangan — Krasnoyarsk yoʻnalishi boʻyicha bagaj bilan aviachipta narxi 2 388 069 soʻmdan, Namangan — Krasnoyarsk — Namangan yoʻnalishi boʻyicha esa 4 433 304 soʻmdan boshlanadi. Narxlar 29 mart holatiga koʻra amal qiladi.
Avvalroq Spot Toshkentdan Dehliga parvozlar soni oshirilishi haqida yozgan edi.