Qozogʻiston tomonidan Nukus — Beyneu va Toshkent — Olmaota yoʻnalishidagi xalqaro yoʻlovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasini keyingi muddatga koʻchirilmoqda. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga qoʻshni davlatda karantin cheklovlari joriy etilgani sababdir.
Mazkur qaror Qozogʻiston hududida koronavirus infeksiyasi paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Yoʻl hujjatlarini (chiptalarini) sotib olgan va foydalanilmay qolgan chiptalar puli temiryoʻl kassalarida toʻliq qiymatda qaytariladi yoki Qozogʻiston bilan chegara oʻtish joylarida sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilangunga qadar, keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib beriladi.
Avvalroq 1-apreldan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi temiryoʻl qatnovi tiklanishi haqida aytilgan edi.