Ms Frozen: qanday qilib turizm sohasi vakillari o’z biznesini yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga o’zgartirdi

Spot hozirda ommalashib borayotgan yarim tayyor mahsulotlar bilan shug’ullanuvchi biznes vakillari bilan suhbat qildi. Unda “Almas Shan United” oilaviy korxonasi rahbari tahririyatga pandemiyaning ijobiy ta’siri, biznesning qiyinchilik tomonlari va o’ziga xosliklari haqida gapirib berdi.


Banklardagi iste’mol kreditlari. Mart 2022

Spot O’zbekiston banklaridagi iste’mol kreditlarini o’rganib chiqdi. Hozirda mavjud 33 ta bankdan 14 tasida iste’mol kreditlarini olish mumkin. Kreditlar bir yildan uch yilgacha muddatga beriladi. Maksimal kredit summasini 164 mln so’m bilan “Savdogarbank” taqdim etmoqda. Ammo buning uchun kreditning 20% dan 50% gacha summasini garov sifatida to’lash kerak.


Oʻzbekistonda Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlovchi korxonalarga bir qator yengilliklar beriladi

Shakar, un, yogʻ, goʻsht kabi mahsulotlar uchun aksiz soligʻi va bojxona toʻlovlari pasaytirilishi mumkin.


Boshqa yangiliklar:

  1. Samsung Galaxy S23 haqida dastlabki maʼlumotlar paydo boʻldi. Yangi flagmandan nimalarni kutish kerak?
  2. Ipoteka bank onlayn-mikroqarz to’lovi uchun yillik stavkani 26% gacha oshirdi. Bu faqat oldin rasmiylashtirilgan qarzlarga tegishlidir. Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilishi natijasiga bank barcha turdagi kredit mahsulotlarni berishni to’xtatgan.
  3. Sirdaryoda quvvati 1 600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz issiqlik elektr stansiyasi quriladi
    Loyiha 2026-yilning yanvar oyida ishga tushirilishi kutilmoqda, uning yillik elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 12 mlrd kVt/soatni tashkil etadi.
  4. Namangan va Krasnoyarsk oʻrtasida “toʻliq ekonom” rejimida parvozlar yoʻlga qoʻyildi
    Namangan — Krasnoyarsk yoʻnalishi boʻyicha bagaj bilan aviachipta narxi 2 388 069 soʻmdan boshlanadi.
  5. Sayyor savdo hududi auksionda 240 barobar qimmatroqqa sotildi
    Uchastkalar Prezident qaroriga muvofiq fevral oyidan Elektron auksionida taqdim etila boshlangan.
  6. DXX 7,7 mln dollarga teng kriptovalyuta ishlab chiqargan noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qoʻydi
    Elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan shartnomada faoliyat turiga quyonchilik fermasi tashkil etish mazmunida soxta maʼlumotlar kiritgan.
  7. Markaziy bank “Yangi Oʻzbekiston” va “Navroʻz” esdalik tangalari seriyasini muomalaga chiqardi
    Kumush va oltin tangalarni 30-martdan boshlab tijorat banklaridan xarid qilish mumkin.
  8. “Megavatt Motors” butun Oʻzbekiston boʻylab har 100 km masofada elektr zaryadlash stansiyalarini oʻrnatadi
    Rivojlanishning yangi bosqichi rejalariga 68 ta zaryadlash stansiyasi kiradi. Ish yirik shaharlardan boshlanadi.
  9. DSQ “Soliq” mobil ilovasini yangiladi
    Yangilanish allaqachon Android foydalanuvchilari uchun mavjud. iOS-da u tez orada chiqadi.
  10. “UzAuto Motors” Tracker-2 avtomobilini sinovdan oʻtkazmoqda
    Tayyorgarlik jarayonida test uchun 16 dona avtomobil ishlab chiqariladi.