Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar orasida 36,1% bilan Qozogʻiston yetakchilik qilmoqda:
Ushbu koʻrsatkich quyidagicha koʻrinishga ega:
- Qozogʻiston — 36,1%
- Rossiya — 25,6%;
- Braziliya — 12,4%;
- Belarus — 4,4%;
- Pokiston — 3,6%;
- boshqa davlatlar — 17,9%.
Shuningdek, qoʻmita 2022-yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini ham maʼlum qildi:
- bugʻdoy — $113,1 mln;
- shakarqamish — $59,6 mln;
- margarin mahsulotlari — $52,1 mln;
- qoramol goʻshti — $26,5 mln;
- oʻsimlik yogʻi — $22,5 mln;
- kartoshka — $21 mln;
- kakao va shokolad — $19,6 mln;
- bugʻdoy uni — $16,4 mln;
- banan — $11,5 mln;
- bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari — $10,1 mln;
- sut mahsulotlari — $8,7 mln;
- choy — $7,4 mln;
- parranda goʻshti — $7,2 mln;
- mandarin — $5,9 mln;
- makkajoʻxori — $5,7 mln;
- qahva — $5,1 mln.
Avvalroq Oʻzbekistonga “inomarka"lar asosan qayerdan import qilinayotgani maʼlum qilingandi.