Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 150-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning quyidagi maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi:
- Ko‘chmas mulk ijara yoki tekinga foydalanish shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish;
- Chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida bo‘linmalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish;
- Tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan hamda jismoniy shaxslarga etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qo‘yish;
- Soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish;
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashuvi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish;
- Soliq to‘lovchilarga shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalarni va solishtirma dalolatnomani taqdim etish.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish materiallari eʼlon qilib boriladi.