O‘zbekistonda 12−15 aprel kunlari yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Markaziy bankning telegram kanalida xabar beriladi.
“Global Money Week 2022″ doirasida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari, sug‘urta va to‘lov tashkilotlari bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi. Tadbirda pul bilan to‘g‘ri munosabatlar haqida eng so‘nggi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
Yuqori malakali mutaxassislar siz uchun so‘zga chiqib, moliya olamidagi dolzarb yo‘nalishlar haqida gapirib berishadi.
Mahorat darslari har bir viloyatning “Yoshlar markaz"larida o‘tkaziladi.
Mahorat darslari jadvali:
- 12 aprel — Andijon, Navoiy, Jizzax shaharlari
- ️13 aprel — Farg‘ona, Xorazm, Samarqand va Buxoro shaharlari
- ️14 aprel — Namangan, Guliston, Qarshi va Nukus shaharlari
- 15 aprel — Nurofshon, Termez va Toshkent shaharlari