7-aprel kuni bankomatlar tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari, shuningdek, pensiya va nafaqalarni toʻlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Prezident qarori OʻzA tomonidan eʼlon qilindi.

Xalq bankiga Markaziy bank bilan birgalikda aholini bankomatlar bilan qamrab olishni kuchaytirish topshirildi. Buning uchun 1-oktyabrga qadar Oʻzbekistonga 1800 ta qurilma olib kelinadi — ular hududlarda, jumladan, chekka hududlarda ham oʻrnatiladi.

Bundan tashqari, yil oxiriga qadar Xalq banki pensiya va nafaqalarni masofadan turib boshqarish imkoniyatiga ega yangi mobil ilovani ishlab chiqishi kerak. Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini amalga oshirishni tashkil etishi kerak.

2022-yil 1-maydan boshlab barcha turdagi moddiy yordamlar pensiya va nafaqalar bilan bir qatorda — har oyning 5-kuniga qadar moliyalashtiriladi. Bunga ishsizlik nafaqalari, stipendiyalar, “temir daftar"lardagi oilalarga yordam berish uchun mablagʻlar va yaqinda ozod qilingan mahkumlar kiradi.

Ular Xalq bankining sayyor kassalari orqali mahallaga yetkaziladi. Shuningdek, kassalarga pensiya va nafaqa oluvchilarning arizalariga koʻra oʻz kartalaridagi mablagʻlarni naqdlashtirish vazifasi yuklatilgan.

Barcha turdagi davlat pensiyalarini, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni hamda kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1%i miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi.

Avvalroq Spot HUMO bankomatlari NFC orqali kontaktsiz yechib olishni qoʻllab-quvvatlay boshlagani haqida yozgan edi.